AQSh va Hindiston strategik muloqot chog‘ida tinch atom bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi hamda Hindistonning oltita hududida Amerika atom elektr stansiyalarini qurish rejasini tasdiqladi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Tomonlar atom energiyasi xavfsizligi va fuqarolikdan foydalanish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni, shu jumladan, Hindistondagi oltita atom stansiyasini qurishni o‘z zimmasiga olganligini tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.
Ular shuningdek “global xavfsizlik masalalari, ommaviy qirg‘in qurollarini va ularni yetkazib berish vositalarini tarqatmaslik, terroristik va nodavlat tuzilmalari qo‘liga tushishning oldini olish masalalari yuzasidan fikr almashdi”, — dedi AQSh Davlat departamenti.
Strategik muloqot 13-mart kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)