• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Tashkent City va Humo Arena’ni borib ko‘rdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Davlat rahbari dastlab Tashkent City xalqaro biznes markaziga tashrif buyurib, kongress-xoll va besh yulduzli mehmonxona barpo etilish jarayoni bilan tanishdi.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Mazkur inshootlar qurilishi o‘tgan yil mart oyida boshlangan bo‘lib, bugungi kunda muhtasham kongress-xoll va 21 qavatli mehmonxonaning beton-karkas ishlari nihoyasiga yetgan. Hozirda metall konstruksiyalar va kommunikatsiyalarni montaj qilish, tom yopish, tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda.

    Prezidentga kongress-xollning fasadi, xonalari va yo‘laklarining ko‘rinishiga doir loyihalar namoyish etildi.

    Ma’lumki, Tashkent City biznes-markazlar, mehmonxonalar, ofislar, ko‘p qavatli uylar, restoranlar va boshqa ob’ektlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy kompleks bo‘ladi. Kelgusida bu yerda oliy darajadagi tadbirlar, yirik xalqaro anjumanlar o‘tkaziladi.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev kongress-xollning asosiy zali, har bir xonasini ko‘zdan kechirib, ularning qanday bezatilishi va jihozlanishi, mehmonlar uchun qanday sharoitlar yaratilishi bilan qiziqdi. Xalqaro sammitlar chog‘ida ko‘plab delegatsiyalar qatnashishini inobatga olib, yukori martabali mehmonlar va ishtirokchilarning harakatlanishi, ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi, dam olishi uchun keng qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Kongress-xollning birinchi qavati zamonaviy dizaynda, ikkinchi qavati esa klassik uslubda bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Yo‘laklarni o‘zbekistonlik rassomlarining eng sara asarlari bilan bezatishni taklif qildi.

    Mazkur kongress-xoll yonida qurilgan mehmonxonaga oid loyihalar ham namoyish etildi.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Shu bilan birga, Prezident Tashkent City yaqinida qad ko‘targan Humo Arena muz saroyida olib borilayotgan so‘nggi pardozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

    Davlat rahbari 2017-yil 3-fevral kuni ushbu majmua loyihasini ma’qullab, uning qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. O‘tgan qisqa davrda mamlakat shaharsozligida yangilik bo‘lgan ko‘p tarmoqli sport majmuasi bunyod etildi.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Majmua Toshkent shahrining Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida, 9 gektar maydonda qurilgan. Zamonaviy muhandislik texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan Humo Arena majmuasidan 12,5 ming o‘rinli ko‘p tarmoqli muz arenasi, 200 o‘rinli mashg‘ulotlar maydoni, trenajyor zali, sport muzeyi va ko‘plab boshqa obyektlar o‘rin olgan.

    Har biri 60x30 metr o‘lchamdagi asosiy va mashq maydonlari musobaqalarni xalqaro talablar darajasida o‘tkazish, yoshlarni sport bilan shug‘ullantirish uchun yaxshi imkoniyat beradi.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Mobil o‘rindiqlar sport musobaqalaridan bo‘sh paytda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ham moslasha oladi. Bu yerda xokkey, short-trek, figurali uchish, kyorling bilan birga basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa turdagi bellashuvlar o‘tkazish mumkin. Bundan tashqari, bayram tadbirlari, konsertlar, ko‘rgazma va forumlar tashkil etish uchun ham sharoit yaratilgan.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Yangi majmua mamlakatda sportni rivojlantirish, uning qishki turlarini ommalashtirish, sportchilar tayyorlashni yangi, xalqaro darajaga olib chiqish borasidagi ishlarga kuchli sur’at bag‘ishlaydi.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Prezident majmuadan samarali foydalanish, ommaviy tadbirlar vaqtida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, inshoot atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati
    14.03.2019, 18:52   Izoh (0)   53500
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarni berish tartibi to‘g‘risidagi bayonnomaga qo‘shildi

    14.03.2019, 18:43

    O‘zbekistondagi noyob ipak qurti va tut navlari YuNESKO ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    14.03.2019, 18:30

    Foto: Qoraqalpog‘istonda har donasi 40 kilogrammlik lavlagi yetishtirildi

    14.03.2019, 18:22

    “Daryo” surishtiruvi: Samarqanddagi maktab-internati tarbiyalanuvchisi Bobur Karimov sudda Shuhrat Sadinovga qarshi yolg‘on ko‘rsatma berganini tan oldi

    14.03.2019, 18:20

    Qashqadaryoda aka-uka o‘rtasidagi janjal qon to‘kilishi bilan yakunlandi

    14.03.2019, 18:17

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 7 tonnalik sumalak doshqozonini tayyorlab, Namanganga jo‘natdi

    14.03.2019, 18:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05

    O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash: olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev Sea Breeze kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:38

    O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” “Olimpik mobiuz”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 2 iyul, 22:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.