MTRKning Sport-TV telekanali 2019-yilgi futbol bo‘yicha Amerika Kubogi musobaqasining O‘zbekiston hududida namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda telekanal direktori Zohid Karimov Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.

Foto: Twitter

Uning ta’kidlashicha, muxlislarga nafaqat futbol uchrashuvlarining jonli translyatsiyalari, balki uchrashuvlarning qiziqarli holatlari aks etgan “kundalik” shaklidagi ko‘rsatuvlar ham havola etiladi.

Ma’lumot uchun, Amerika kubogi—2019 musobaqasida Osiyo qit’asidan Yaponiya hamda Qatar terma jamoalari ham ishtirok etadi.  Musobaqa 2019-yilning 14-iyun – 7-iyul kunlari Braziliyada bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!