12-mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Tatariston Respublikasiga xizmat safari chog‘ida Bulg‘or Islom akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi, deya xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Tashrif chog‘ida Bulg‘or Islom akademiyasida tashkil etilgan shart-sharoitlar, ta’lim berish shakllari, kutubxona, namozxona faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi bilan Bulg‘or Islom akademiyasi vakillari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish borasida davra suhbati o‘tkazildi.
Ma’lumki, 1080-yilda bulg‘or olimi Yoqub ibn No‘mon tomonidan bilimlar uyi, zamonaviy til bilan aytilganda universitet ochilgan. U o‘sha paytda talab kuchli bo‘lgan hanafiy fikhi va huquqining markaziga aylangan. Ushbu ma’rifat markazini Bulg‘or Islom akademiyasi shaklida qayta tashkil etilishi — nafaqat Rossiyada, balki undan tashqarida ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
Akademiyada o‘zbekistonlik talabalar ham tahsil olmoqda.
Izoh (0)