2019-yilning may oyida Shali shahrida 20 ming kishiga mo‘ljallangan masjid ochiladi, deb xabar berdi “TASS”.

Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining VKontakte’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

“Shali shahrida Yevropaning eng yirik masjidining qurilish maydoniga tashrif buyurdim. 20 ming kishiga mo‘ljallangan masjid Rossiya va dunyoning haqiqiy marvaridi bo‘ladi”, — degan u.

Masjid “Shali-Siti” ko‘p qavatli binolar yaqinida joylashgan besh gektardan ziyodroq maydonda qurilmoqda.

Masjidning burchaklarida har birining balandligi 63 metr bo‘lgan to‘rtta minora bo‘ladi, masjid gumbazining balandligi esa 43 metrni tashkil etadi. Uning atrofi 12 ta favvoralar bilan bezatiladi.

Masjid qurilishi 2012-yilda boshlangan.

Aholining talabiga binoan unga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov nomi beriladi.

Foto: VKontakte

Foto: VKontakte

Foto: VKontakte

Foto: VKontakte

Foto: VKontakte

Foto: VKontakte

Foto: VKontakte

Foto: VKontakte