11-mart kuni Uzbekistan Airways parki iqtisodiy jihatdan samaradorligi yuqori bo‘lgan birinchi Airbus A320neo samolyoti bilan to‘ldirildi.
Uzbekistan Airways matbuot xizmati ushbu samolyot keltirilishidan fotoreportaj taqdim etdi.
Ushbu layner ikki klassli komponovkada ishlangan bo‘lib, 150 yo‘lovchini (biznesda - 12 ta, ekonom klassda - 138 ta) tashishga mo‘ljallangan. Yangi samolyot yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlovchi CFM International kompaniyasining LEAP-1A dvigatellari va aerodinamik xususiyatlarini yanada yaxshilash imkonini beruvchi fyuzelyaj konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli oldingilariga nisbatan 20 foizga tejamkordir.
Izoh (0)