Ekvadorning Manabi provinsiyasida kokain partiyasini olib o‘tayotgan unchalik katta bo‘lmagan samolyot halokatga uchradi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Huquqni muhofaza qilish organlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot xorijiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning bortida ikki kishi bo‘lgan.
Ular jarohatlangan va qo‘riqchilar kuzatuvida kasalxonaga yetkazilgan. Ular ko‘rsatma berishdan bosh tortayotgan bir vaqtda, hukumat hatto ularning fuqaroligini ham aniqlay olmadi.
Samolyot halokatga uchraganidan so‘ng yong‘in boshlangan va kokainning bir qismi joyida yonib ketgan.
Ekvadorning o‘zi deyarli giyohvand moddalar ishlab chiqarmaydi, ammo u Peru va Boliviyadan taqiqlangan modda uchun tranzit mamlakat hisoblanadi.
Izoh (0)