Toshkentlik Sayyora Musayeva TNT telekanalidagi “Pesni” shousining ikkinchi mavsumida saralash bosqichidan o‘tdi, deb yozadi Repost.
Jyuri a’zolari Timati va Basta o‘zbekistonlik qizni bir ovozdan navbatdagi bosqichga o‘tkazdi.
33 yoshli Sayyora o‘z chiqishidan avval 12 yildan buyon sahnada chiqish qilmaganligini ma’lum qildi. U ikki yil davomida AQShda yashagan va u yerda metrodagi musiqachilardan ilhomlanib, yana sahnaga qaytishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, TNTning “Pesni” shousi birinchi mavsumida o‘zbekistonlik Oleg Ternovoy g‘olib bo‘lgan va Black Star leybli bilan shartnomani qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)