11-mart, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Andrey Fyodorov qo‘l ostidagi Toshkentning “Lokomotiv” klubi Qatar poytaxti Doha shahriga safar qiladi. U yerda “temiryo‘lchilar” “Ar-Rayyan” klubiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:35 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent klubi musobaqaning dastlabki turida o‘z maydonida BAAning “Al-Vahda” jamoasini qabul qildi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgandi.
“Ar-Rayyan” esa ilk turda Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
OChL
11-mart, dushanba
“B” guruhi
“Ar-Rayyan”—“Lokomotiv” 20:35
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)