Internetda Amerika prezidenti Donald Tramp va Chexiya bosh vaziri Andrey Babish bir-birini ko‘rib, rafiqalarini unutib qoldirgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Bu haqda “ForumDaily” xabar beradi.
Tramp va uning rafiqasi Melaniya Chexiya bosh vaziri Babish va uning rafiqasi Monikani Vashingtonda uchratgan. Bir-biri bilan ko‘rishgach prezident va bosh vazir ularni rafiqalari kutayotganini unutib, Oq Uyga yo‘l olgan. Ayollar bir-biriga qarab, yelka qisib, turmush o‘rtoqlarining ketidan yo‘l olgan.
Internet foydalanuvchilari Trampning bu harakatini tanqid ostiga olgan. Shuningdek ko‘pchilik bunday holat avval ham bo‘lganini qayd etgan. Inauguratsiya marosimi kunida ham u AQSh sobiq prezidenti Baraka Obama va uning rafiqasini kutib olish uchun avtomobildan chiqayotgan rafiqasini kutmasdan o‘zi borgan. 2018-yilning yanvarida esa u Floridadagi xalqaro aeroportda o‘zini soyabon bilan yomg‘irdan to‘sib, o‘g‘li va rafiqasini unutgan.
Izoh (0)