Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 9-mart kuni mamlakat dushmanlarini yuqori texnologiyali qurollardan foydalangan holda mamlakat elektr ta’minoti tizimiga hujumda aybladi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Ular yuqori texnologik quroldan foydalangan. Muxolifatdagi o‘ng qanot ekstremistlari ushbu hujumlarning mualliflari va ijrochilari bo‘lib, ular faqatgina AQSh hukumatida mavjud yuqori texnologiyali quroldan foydalangan. Biz bularning barchasini bilib olamiz, sababi Yaratuvchi har doim biz tomonda va haqiqat qaror topadi”, — dedi Maduro Karakasdagi tarafdorlari mitingida. Uning nutqi prezidentning Facebook’dagi sahifasida efirga uzatilgan.
“Ushbu hujumlar yuqori ilmiy yutuqlardan foydalangan holda amalga oshirilgan milliy elektr tarmoqlariga qarshi elektromagnit hujumlar sodir bo‘lgan”, — dedi prezident.
Venesueladagi energetik inqiroz 7-mart kuni mamlakatning yirik al-Guridagi gidroelektr stansiyasidagi avariya natijasida sodir bo‘lgan. Milliy elektr korporatsiyasi (Corpoelec) bu voqeani sabotaj va Venesuelaga qarshi bo‘lgan energiya urushining epizodi deb atadi.
Venesuela rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga qarshi elektr, iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy va qo‘poruvchilik urushi olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Venesuela Prezidenti elektr toki uzilib qolgan taqdirda, dushanba kuni aholiga oziq-ovqat yetkazib berishni kafolatlash to‘g‘risida buyruq berdi.
Izoh (0)