Stokgolm shahri sudi 8-mart kuni Shvetsiya hududida terakt sodir etishga tayyorgarlik ko‘rgan o‘zbekistonlik fuqaroni yetti yilga ozodlikdan mahrum etdi, deb xabar berdi Sputnik.
46 yoshli erkakning yonidan bomba tayyorlashda ishlatiladigan kimyoviy modda topilgan.
“Bizda sudlanuvchining yonida bomba tayyorlashda ishlatiladigan kimyoviy modda topilganini asoslovchi yetarli dalillar mavjud. U IShID nomidan terakt uyushtirishni rejalashtirgan”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston fuqarosi jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng Shvetsiyaga qaytish huquqisiz mamlakatdan deport qilinadi.
Izoh (0)