Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

8-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 27-tur bahslariga start berildi.

Foto: La Liga

Foto: La Liga

Turning ilk o‘yinida “Atletik B” jamoasi o‘z uyida “Espanyol”ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

9-mart, shanba kuni Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida “Leganes” jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.

Shu kuni musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda borayotgan Lionel Messi yetakchiligidagi “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida “Rayo Valyekano” bilan bahsga kirishadi. Bellashuvga soat 22:30 da start beriladi.

Turning so ‘nggi o‘yinida ketma-ket mag‘lubiyatlarga uchrayotgan Santyago Solari boshqaruvidagi Madridning “Real” klubi safarda “Valyadolid” bilan o‘ynaydi. O‘yin tungi vaqt bilan 00:45 da boshlanishi belgilangan. Eslatib o‘tamiz, “Qirollik klubi” YChLning 1/8 finalida Niderlandiyaning “Ayaks” klubiga mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi yurishini to‘xtatgandi.

26-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat

Foto: Twitter

Foto: Twitter

La Liga

27-tur bahslari

8-mart, juma

“Atletik Bilbao”—“Espanyol” 1:1

Gollar: 0:1 – 9 Ferreyra, 1:1 – 80 Raul Garsiya.

9-mart, shanba

“Alaves”—“Eybar” 17:00

“Atletiko Madrid”—“Leganes” 20:15

“Barselona”—“Rayo Valyekano” 22:30

“Xetafe”—“Ueska” 00:45

10-mart, yakshanba

“Selta”—“Betis” 16:00

“Jirona”—“Valensiya” 20:15

“Sevilya”—“Real Sosyedad” 22:30

“Levante”—“Vilyarreal” 22:30

“Valyadolid”—“Real Madrid” 00:45

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chiqib keting, bu zalda o‘tirishga haqqingiz yo‘q” — minglab gektar yer noqonuniy ajratilishi ortidan Asaka tumani hokimi ishdan olindi
Mahalliy
“Janob Mo‘minov, yozmasangiz ham bo‘ladi. Kitobchangizni yoping, ruchkangizni kissangizga soling” — Farg‘ona tumani hokimi ishdan bo‘shatilib, guvohnomasi olib qo‘...
Mahalliy
“Binodan sharmanda qilib chiqarib yuborilsin” — Paxtaobod tumani hokimi Elyor Usmonov ishdan haydaldi