Angliya premyer ligasida fevral oyining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga “Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero loyiq ko‘rildi. Bu haqda “mankunianlar”ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
O‘tgan oyda 30 yoshli futbolchi 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini 7 marta ishg‘ol qildi.
Argentinalik “Arsenal” (3:1) va “Chelsi”ga qarshi o‘yinda het-trikka erishdi.
Avvalroq “Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fevral oyida eng yaxshi murabbiy deb topilgani haqida xabar berilgandi.
Aguero bu nomga erishishda quyidagi nomzod futbolchilarni ortda qoldirdi:
- Eshli Barns (“Byornli”) – 4 ta o‘yin, 2 ta g‘alaba, 1 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat, 3 ta gol, 1 ta assist
- Shon Longstaff (“Nyukasl”) – 4 ta o‘yin, 2 ta g‘alaba, 1 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat, 1 ta gol
- Pol Pogba (“Manchester Yunayted”) – 4 ta o‘yin, 3 ta g‘alaba, 1 ta durang, 2 ta gol, 2 ta assist
- Lyuk Shou (“Manchester Yunayted”) – 4 ta o‘yin, 3 ta g‘alaba, 1 ta durang, 1 ta assist, 3 ta quruq bahs
- Virjil van Deyk (“Liverpul”) – 4 ta o‘yin, 2 ta g‘alaba, 2 ta durang, 2 ta gol, 3 ta quruq bahs
- Uilfrid Zaha (“Kristal Pelas”) – 3 ta o‘yin, 1 ta g‘alaba, 1 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat, 3 ta gol
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)