Rossiyaning “KosmoKurs” kemasida parvoz qilish uchun chipta olgan sayyohlar qo‘shimcha haq evaziga o‘zlari bilan uy hayvonlarini olishi mumkin, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“KosmoKurs” kompaniyasi kosmik faoliyati uchun “Roskosmos” litsenziyasiga ega. “KosmoKurs” 200 kilometrlik parvozni amalga oshirish uchun bir martalik yetti o‘rinli kosmik kemani yaratmoqda. Birinchi parvoz 2025-yilda amalga oshirilishi kutilmoqda.
6-mart kuni kompaniya Nijniy Novgorod yaqinida kosmik markazni yaratish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Izoh (0)