6-mart, chorshanba kuni “Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku YChL 1/8 finalining javob uchrashuvida PSJ darvozasiga ikkita gol urishga erishdi (3:1).
25 yoshli belgiyalik futbolchi so‘nggi 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning har birida 2 tadan gol urdi. Bunga qadar u “Kristal Pelas” (3:1) va “Sauthempton” (3:2) jamoalariga qarshi o‘yinda raqib darvozasini 2 martadan ishg‘ol qilgandi.
Lukaku ushbu natijaga klubdagi faoliyatida birinchi marotaba erishdi. 2018-yil iyun oyida esa u Belgiya terma jamoasi safida mazkur natijani qayd etgandi.
Hujumchi Kosta-Rika bilan bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida 2 ta gol urgandi (4:1), keyin esa mundial doirasida Panama (3:0) va Tunis (5:2) darvozalarini 2 martadan ishg‘ol qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)