6-mart, chorshanba kuni PSJ Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalining o‘z maydonida kechgan bahsida “Manchester Yunayted”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mazkur bellashuvda Parij klubi hujumchisi Kilian Mbappe Xuan Bernatga golli uzatma berdi va joriy mavsum Chempionlar Ligasida 5 ta golga assistentlik qildi.
20 yoshli futbolchi joriy mavsum Chempionlar Ligasida golli uzatma berish borasida yetakchilik qilmoqda (saralash bosqichlari bundan mustasno). Bu haqda Goal xabar berdi.
“Lion” hujumchisi Memfis Depay, “Manchester Siti” a’zosi Riyad Mahrez va “Ayaks” yarim himoyachisi Dushan Tadichning hisobida 4 tadan golli uzatma mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)