Joriy yilning fevral oyida Saudiya Arabistoni Podshohligining farmatsevtikaga ixtisoslashtirilgan “Bashair al-Dava” kompaniyasi raisi Mazen al-Bashir hamda ushbu kompaniya kuzatuv kengashi a’zosi shayx Muhammad al-Bashir Xorazm viloyatida bo‘ldi, deb xabar berdi “Xalq so‘zi onlayn”.
Xabarda aytilishicha, ushbu kompaniya O‘zbekistonda farmatsevtika korxonasini qurishni rejalashtirmoqda.
“Yurtingizda ushbu soha rivojiga alohida e’tibor qaratilyapti. Biz zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali ish boshlaymiz. Shuningdek, talabalar uchun treninglar tashkil qilib, ularning tajribasini oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqdamiz”, — degan “Bashair al-Dava” kompaniyasi raisi Mazen al-Bashir.
Izoh (0)