Afg‘onistonda suv toshqinlari oqibatida 59 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
“Afg‘onistonda kuchli qor va yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari 59 kishining hayotiga zomin bo‘ldi”, — deyiladi mamlakat tabiiy ofatlar bilan kurashish bo‘yicha agentlik xabarida.
Qayd etilishicha, tabiiy ofat oqibatida 150 ga yaqin kishi jabrlangan. Zarar ko‘rgan hududlardan 14 ming kishi evakuatsiya qilingan.
Izoh (0)