3-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Turkiya chempionati 3-divizionining “Amedspor” hamda “Sakaryaspor” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda noxush voqea yuz berdi.
“Amedspor” o‘yinchisi Mansur Chalar uchrashuv oldidan an’anaviy qo‘l berib ko‘rishishdan so‘ng darhol raqib futbolchisiga tig‘ bilan hujum qildi.
Xabar berilishicha, o‘yinchi sovuq qurolni qo‘lida yashirib, maydonga olib chiqishga muvaffaq bo‘ladi. Internet tarmog‘iga joylashtirilgan videoda Chalar raqib futbolchisining oldiga qanday qilib borgani va qo‘li bilan ketma-ket bir necha bor zarba bergani yaqqol tasvirlangan.
Uchrashuvdan so‘ng jabrlangan futbolchilar tanadagi jarohat izlari tasvirlangan suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.
Amedsporlu futbolcu Mansur Çalar, Sakaryaspor maçına elinde gizlediği jiletle çıktı ve rakip takım futbolcularını yaraladı@TFF_Orgpic.twitter.com/QHhal7r14n
— SPOR (@yenisafakspor) March 3, 2019
“Amedspor” rahbariyati mazkur ma’lumotni “jirkanch mish-mish” deya atab, raqib o‘yinchilarini tuhmatda aybladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)