Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

BBC Toshkentdagi osh markazidan reportaj tayyorladi.

Foto: BBC

Foto: BBC

“O‘zbeklarda ko‘rdingmi osh, ko‘tarma bosh degan ibora bor”, - deya boshlanadi ushbu videolavha.

“Toshkentdagi osh markazi mushtariylar xuddi shunday qilish uchun kelishadi. Osh markazi - shaharning o‘ziga xos go‘shasi. Erta tongdanoq oshpazlar beshta ulkan qozonda osh tayyorlashga kirishadilar. Har bir qozonga 50 kilogrammdan ko‘proq guruch ketadi. Toshkent va O‘zbekiston bo‘ylab bu kabi palov markazlari ko‘p. Lekin, aytishlaricha, xuddi mana shu markazning palovi mazasi va miqyosiga yetadigani boshqa yerda topilmaydi. Birinchi qozondagi palov esa soat 11 larga tayyor bo‘ladi. Keyin har soatda bittadan qozonni ochishadi.

Shu qadar ko‘p miqdorda tayyorlangan bo‘lsa ham, palov bir necha soatning ichida tugab ketadi. Bu yerda asosan ikki xil palov damlanadi. Birinchisi toshkentcha to‘y palovi. Ikkinchisi Farg‘ona vodiysining devzira guruchidan qilinadigan palov. Aslida O‘zbekiston bo‘ylab har bir xududning o‘ziga xos alohida palovi bor. Samarqand palovi Buxoronikidan, Farg‘ona palovi Xorazmnikidan, Toshkent palovi Surxondaryonikidan farq qiladi. Taniqli olim Karim Mahmudov o‘zbek taomlari haqida yozgan kitobida palovning 60 turi borligini aytib o‘tgan. Palov haqidagi iboraning ikkinchi qismini esa aytmay qo‘ya qolaylik. Toshkentdagi osh markazi borib qolsangiz, u yog‘ini endi mushtariylardan eshitib qolarsiz”, — deyiladi lavhada.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Professional asarlardan tortib oddiy qoʻl telefonida olingan suratlargacha — fotorassomlarning hisobot koʻrgazmasiga fototashrif
Dunyo
Yerni kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi
Dunyo
Daniyalik siyosatchi Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi oldida yana Qur’onni yoqib yubordi. Ramzan Qodirov bunga munosabat bildirdi