Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tennesi shtatining Uilyamson okrugidagi maktab o‘quvchilarga oilasida qul saqlayotganini tasavvur qilib, ularga buyuriladigan ishlar ro‘yxatini tuzish topshirig‘ini bergani uchun uzr so‘radi, deb yozadi Forum Daily.

Foto: Depositphotos

Foto: Depositphotos

O‘qituvchilar qullik, immigratsiya va bolalar mehnati masalalari ko‘tarilgan yozma topshiriqni 27-fevral kuni bergan. Sakkizinchi sinf o‘quvchilari o‘z oilalarida qul saqlanayotganini tasavvur qilishi va ularga buyuriladigan ishlar ro‘yxatini tuzishi kerak bo‘lgan.

Shunday uy vazifani olgan 13 yoshli o‘quvchining opasi Den Fonteyn o‘qituvchi vazifani tushuntirmagani va unda irqchilik va immigratsiya mavzusi ko‘tarilganini qayd etmaganini aytgan.

“Avvaliga bundan jahlim chiqdi. Singlim maktabdagi qora tanli o‘quvchilardan biri ekanligini hisobga olgan holda, men bunday narsalarga yo‘l qo‘ymayman. Bunday topshiriq akademik qimmatga ega emas”, — degan u.

Foto: Forum Daily

Foto: Forum Daily

Tennesi shtati Ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Brentvudda joylashgan Sanset o‘rta maktabining 70 foiz o‘quvchilari oq tanli hisoblanadi.

O‘quvchilarga berilgan uy vazifasida, shuningdek, plantatsiya egalari va ularga qul bo‘lgan aholi hayotini solishtirish topshirig‘i ham berilgan.

O‘qituvchilar Syuzen Xuper va Kim Best, shuningdek, Sanset maktab direktori Tim Braun ham bunday noma’qul vazifa berilgani uchun maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalaridan uzr so‘ragan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi