Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilingan mavzularni eslashda davom etadi.

Taniqli pedagogning vafoti

2-mart kuni O‘zbekistonning mashhur ma’rifatparvar pedagoglaridan biri, taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlar nomzodi Omonulla Madayev vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqda ustozni xotirlab yuzlab, minglab post va izoh qo‘yildi.

Komil Allamjonov

Bugun men uchun g‘oyatda qayg‘uli kun. Butun o‘zbek xalqiga, ilm ahliga o‘rnak bo‘la oladigan fidoyi olim, tilimiz va adabiyotimizning haqiqiy jonkuyari va targ‘ibotchisi, chinakam ziyoli inson Omonulla Madayev olamdan o‘tdilar. Bu biz uchun, ma’naviyatimiz uchun katta yo‘qotish deb o‘ylayman. Ustozning oila a’zolari, yaqinlariga o‘z hamdardligimni bildiraman.

Oxiratlari obod bo‘lsin!

Foto: Facebook

Foto: Facebook
Sherzod Kudratxo‘jayev

Omonulla Madayevni eslab...

Milliy universitetda ishlagan davrning men uchun batakrorligi bu Omonulla aka bilan birga ishlaganligim.

Uztoz darslari fakultet yo‘laklaridan jaranglab, xonamgacha eshitilib kelardi, maza kilib tinglab o‘tirardim. Til bilan bog‘liq anjumanlardagi har bir chiqishlari esda qolardi.

Yaqinda, oktabr oyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 29 yil to‘lishi munosabati bilan O‘zJOKU talabalari bilan uchrashuvga Omonulla Madayevni taklif qildik.

Ikki soat davomida qo‘llaridagi mashhur yon daftarlari bilan auditoriyani yuqori haroratda ushlab turdilar, talabalar ko‘zlarida anchagacha hurmat va havas tuyg‘ulari aks etib turardi... Biz ko‘prok ko‘rishib turishga kelishib, xayrlashgandik Madayev domla bilan...

Afsus, ming afsus... hammamiz Allohnikimiz va uning huzuriga qayturmiz.

Aniqki, hech kim domladek dars o‘tolmaydi, bu endi armon. Madayev deganda davomat 100 foiz bo‘lardi, Madayev bu iqtidor va xarizma edi, Madayev bu professional degani edi...

Yana bir armon shuki, Omonulla aka har yili erta bahorda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri yaqinidagi minglab o‘riklar gullashidan rohat olishga oshiq kabi shoshardilar... Ming afsus, bu yil nasib qilmadi...

 
Mahmud Usmon

Ustoz Omonulla Madayev buyuk adabiyotshunos va tengsiz pedagog edilar. Ularning sabablaridan adabiyotga, xususan, xalq og‘zaki ijodiga va Qodiriyga muhabbatli bo‘ldik.

Ustoz “Alpomish” dostonidan dars berganlarida Alpomishning oti Boychiborni tasvirlarkanlar, ularning o‘zlari go‘yoki otga aylanib ketgandek bo‘lardilar. Ularning darslarini soat sanab kutardik.

 
Dilrabo Akramova

Ona tilimiz haqida ko‘rsatuv tayyorlash topshirig‘ini oldim. Tabiiyki, bu mavzuda ustoz Omonulla Madayevdan o‘tkazib intervyu beradigan, haqqoniy fikrlarni aytadigan ziyoli yo‘q. Ustozni uylariga bordik. Svet qo‘ydik, kadrni mo‘ljalladik. Ustoz chetdan kuzatib turdilarda “hozir, shoshmanglar”, deb chiqib ketdilar. So‘ng suratda stol ustida turgan bir dona atirgul bilan kirib keldilarda, “Ko‘chadan uzib keldim. Kadrlaringni bezab turadi”, deb guldonga soldilar. Shu vaziyat menga ustozni yana bir karra kashf etdi. Haqiqiy toza qalb, nozik did sohibining amallari ham o‘zi kabi, qalbi kabi go‘zal bo‘ladi. Aziz ustozim! Fidoyi, jonkuyar, bag‘rikeng, millatparvar ustozim, oxiratingiz obod bo‘lsin. Allohim jannatlardan joy bersin. Millatimiz faxri, ustuni edingiz. Gulni sevgan, ilmga baxshida umrida go‘zal umr kechirgan ustozim qabringiz nurlarga to‘lsin!!!

 
Mubashshir Ahmad

Rahmatli Omonulla Madayev haqidagi xotiralarni o‘qib, bir kishi hammaning ko‘nglini zabt eta olganidan hayratlandim.

Ha, agar inson solih bo‘lsa, hamma yaxshilik bilan eslar ekan. Bu bo‘lsa, dunyo hayotidagi xotirlash xolos. Oxiratlarini bundan-da yaxshi qilsin!

Biz hammamiz Allohnikimiz va unga qaytajakmiz.

Har oy yangi poytaxt?

Facebook’ning “Xalq bilan muloqot” guruhiga qo‘yilgan ushbu taklif 100 dan oshiq like va yuzlab izoh to‘pladi.

Shokirjon Hamrayev

Yaxshi bir g‘oya bor! Respublika darajasidagi hamma davlat organlari, prezidentdan tortib Senat, deputat, adliya, DXX, bosh prokuratura, IIV, MIB, Markaziy bank, davlat xizmatlari, xalq qabulxonasi, soliq qo‘mitasi, bojxona qo‘mitasi, transport boshqarmasi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, oliy sud, ekologiya, gaz, energiya va h.k. tashkilotlar Toshkent shahri markazda o‘tiravermasdan, “Markaz oyi” yoki shunga o‘xshash reja bilan har bir viloyatga borib 20 kun yoki bir oy poytaxda o‘tirgandek markaz qilishsa, markaz bo‘lgan vaqtda o‘sha shahar, qishloq, tumanlardagi ahvolni o‘rganib, kamchilik va shunga o‘xshagan muammolarni hal qilishsa. Har oyda bitta viloyat poytaxt darajasida bo‘lsa.

Oddiy xalq dardini o‘rganishsa, kamchilik va shikoyatlarni o‘rganishsa, hokim va o‘sha hudud prokuror, IIV bilan bog‘liq muammolarni o‘rganib chiqishsa.

Korrupsiya va boshqa byurokratik to‘siqlarni tekshirishsa, elektr energiya, tabiiy gaz, toza ichimlik suvi muammolarini o‘rganishsa, ta’lim sohasidagi yetishmovchiliklarni, maktab, bog‘cha va boshqa shunga o‘xshash sohalarni tekshirib darajasini aniqlashsa, sog‘liqni saqlash, poliklinika, tug‘ruqxona ahvolini tekshirishsa.

Bir yil davomida, har bir viloyatni shunday o‘rganib chiqishganida yaxshi bo‘lardi.

* * *

Ushbu surat ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi, mingdan oshiq like oldi, namunali surati mashhur bo‘ldi. Ha, buni Germaniya deydilar…

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Bu Germaniyadagi tirbandlik. Markazda haydovchilar tez yordam va maxsus transport uchun joy qoldirgan. Mana bu madaniyat!

Dima Qayum, odatdagidek, o‘z hajviy usulida jamiyatdagi bir illat ustidan kuldi.
Dima Qayum

Maqollar.

Direktoringa bersang oshingni, u silaydi boshingni.

Havoning taftiga emas, xo‘jayinning aftiga boq.

Avval cho‘zgin, keyin o‘zgin.

Egilsang, o‘sasan, kerilsang, to‘zasan.

Qalovini topsang, qor yonar, palovini qilsang ish yurar.

Habba)

 

Mirza Ali

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Ayollarning ko‘ngliga yo‘l topish haqidagi kitobning ko‘rinishi.

Telegram kanallarida nima gaplar?

“Troll.uz” Telegram-kanali jamiyatimizdagi og‘riqli jihatlarga oid memlar chop etdi, ulardan ba’zilarini keltiramiz.

Foto: “Troll.uz”

Foto: “Troll.uz”

Foto: “Troll.uz”

Foto: “Troll.uz”

Foto: “Troll.uz”

Foto: “Troll.uz”

Foto: “Troll.uz”

Foto: “Troll.uz”

Menimcha, ortiqcha izohga ehtiyoj yo‘q.

* * *

Qahramon Aslanovning “Aslanovdan iqtibos” kanali odamni mushohadaga chorlaydigan ajoyib postlar qo‘yib boradi. Ulardan birini keltiramiz.

Bir turk aktyori bilan intervyudan parcha:

“O‘g‘lim 6-7 yoshlarda edi. Ta’til paytida oilaviy boshqa bir joyga yashagani bordik. U yerda do‘konimiz bor. O‘sha yerda ishladik. O‘g‘limga ham jiddiy ravishda ish berdim — juda og‘ir, har kuni kech soat bir-ikkigacha o‘tirishi kerak, keyin uxlab qolar, ertalab hammadan birinchi turib, soat oltida do‘konni yana tayyorlashi kerak edi. Har kuni 10 liradan maosh belgiladim.

“Dada, topgan pulimga haligi mashinadan olsam bo‘ladi-a?”, deb so‘radi u bir kuni.

Shaharda bir magazinda bir o‘yinchoq-mashinani yoqtirgandi. O‘shani nazarda tutyapti.

“Albatta, o‘zing ishlagan pul, istagan narsangni sotib olishing mumkin”.

U pul topishga qiziqib qolgan, har kuni uyga qaytishimizni va o‘z puliga mashina sotib olishni intizorlik bilan kutardi.

Oylar o‘tdi, ta’til tugadi. Anchagina pul yiqqandi. Birga o‘sha magazinga kirdik. Mashinaning narxini ko‘rib bir bo‘zardi — u uning ikki oylik tinmay ishlagan pulidan ham qimmat edi. Menimcha, hayotida ilk marotaba biror narsaning narxini o‘z tanasida his qilyapti.

Xullas, mashinani sotib oldik. U esa endi o‘zgargandi. Ilgarilari “dada, ishga bormang, u yerga boraylik, buni qilaylik” deb xarxasha qilishlari yo‘qolgan, hammasini to‘g‘ri tushuna boshlagandi”.

* * *

Telegram’dagi mashhur kanallardan yana biri — @uztwit ijtimoiy tarmoqdagi tesha tegmagan fikrlarni joylab boradi. Mualliflari ham yangiliklar yaratadi bu borda. Shunday hazil mualiflik postlaridan biri:

Kecha bozorga bordim, aylanib yurib bir qizni yoqtirib qoldim.

Cho‘ntagimdan 10 000 so‘mlikni chiqarib, ustiga telefon nomerimni yozib, bu pul sizdan tushdi, deb pulni qizga berdim.

Qiz pulni olib ketdi.

Orqasidan kuzatib bordim.

Yo‘lda bir lavashchidan o‘sha pulga lavash oldi.

Mayli, pulimdan ayrildim, bu muammo emas.

Muammo shundaki, lavashchi ertalabgacha, lavash yoqdimi, lavash sizga ma’qul bo‘ldimi, deb sms yozaverib jonimdan o‘tkazvordi.

Twitter’da esa, har doimgidek, futbol hukmron.

Dayjestimizni kuzatishda davom eting.

Isroil Tillaboyev tayyorladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)