Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi S.D. 1-mart kuni o‘z uyida oilaviy janjal oqibatida rafiqasi F.X.ning qorniga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida F.X. kasalxonaga yotqizilgan, S.D. esa ushlangan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)