Gollivud aktyori Jonni Depp sobiq turmush o‘rtog‘i, aktrisa Ember Xyordni tuhmat qilishda ayblab, sudga berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jonni Depp sobiq rafiqasidan 50 million dollar tovon puli talab qilgan. Aktyor o‘z da’vosida Ember Xyord oilaviy zo‘ravonlik qurboni emas, balki jinoyatchi ekanini ta’kidlagan.
Avvalroq u sobiq turmush o‘rtog‘iga qo‘l ko‘tarmaganini isbotlovchi yangi dalillarni taqdim etgan edi. Hujjatlarni Xyord bilan janjallashgani to‘g‘risida maqola chop etgan The Sun gazetasiga qarshi da’voga ilova qilgan.
Gazetaning Ember Xyordga asoslanib yozishicha, 2016-yilning mart oyida Jonni Depp Ember Xyordga qarata telefon uloqtirgan, shundan so‘ng uni kaltaklagan.
Izoh (0)