Angliya premyer ligasi o‘zning rasmiy saytida musobaqada fevral oyining eng yaxshi murabbiyi sovriniga da’vogarlar nomini e’lon qildi.
Fevral oyida “Manchester Yunayted” Ole-Gunnar Sulsher bilan mehmonda kechgan 3 ta o‘yinda g‘alaba qozondi, “Lester” (1:0), “Fulhem” (3:0) va “Kristal Pelas” (3:1). Yana bitta o‘yinda “qizil iblislar” o‘z maydonida “Liverpul” bilan durang o‘ynadi (0:0).
“Manchester Siti” o‘tgan oyda 4 ta o‘yin o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi. Klub Pep Gvardiola boshqaruvida o‘z uyida “Arsenal” (3:1), “Chelsi” (6:0), “Vest Hem” (1:0) ustidan g‘alaba qozondi va safarda “Everton”ni mag‘lub etdi.
“Arsenal” fevral oyida 4 ta o‘yinning faqatgina bittasida, mehmonda “Manchester Siti”ga qarshi kechgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (1:3). Unai Emeri jamoasi qolgan 3 ta o‘yinda esa g‘alaba qozondi. “Kanonirlar” o‘z maydonida “Sauthempton” (2:0) va “Bornmut” (5:1) qarshi kechgan o‘yinda qo‘li baland kelgan bo‘lsa, londonliklar mehmonda “Haddersfild”ni kichik hisobda yutdi (2:1).
APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga nomzodlar:
- Ole-Gunnar Sulsher (“Manchester Yunayted”) — 4 ta o‘yin, 3 ta g‘alaba va 1 ta durang
- Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”) — 4 ta uchrashuv, 4 ta g‘alaba
- Unai Emeri (“Arsenal”) — 4 ta o‘yin, 3 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)