24-fevral kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumani Uchqizil shahrida erkak Termiz tumani hokimiyati binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘yib yubordi. Bu haqda Repost xabar berdi.

Foto: Repost

Xabarda aytilishicha, erkak tadbirkor bo‘lib, u  kreditga olingan pullar evaziga ochgan kafe joylashgan bino Termiz tumani hokimligi tomonidan buzib tashlangan.

Bino buzib tashlanishini bilgan erkak tushuntirish berishlarini so‘rab bir necha oy davomida tuman hokimiyatiga murojaat qilgan, biroq u hokim qabuliga kira olmagan. Shu sababli erkak tuman hokimligi binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘yib yuborgan.

Bir necha darajadagi kuyish jarohatlari olgan erkak kasalxonaga yotqizilgan.