Professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov (3 ta g‘alaba, 3 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Manbada yozilishicha, Elnur 23-mart kuni o‘zining to‘rtinchi jangini o‘tkazadi. Jang Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi RMK yakkakurashlar akademiyasi sport saroyida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jang olti raunddan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan. Hozircha Abduraimovning raqibi kim ekanligi ma’lum emas.
Ushbu boks oqshomi Rossiyaning “Boks TV” telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, Elnur Abduraimov professional boksdagi dastlabki ikkita jangini AQShda o‘tkazgan. So‘nggi jangini esa 10-noyabr kuni Yekaterinburgda braziliyalik Aelio Meskitaga (17 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 15 ta nokaut) qarshi o‘tkazib, birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)