• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Elektromobillarni tezkor zaryadlovchi suyuq akkumulyatorlar yaratilmoqda

    Elektromobillarni tezkor zaryadlovchi suyuq akkumulyatorlar yaratilmoqda. Bunday akkumulyatorlar elektromobillarni bir necha daqiqa ichida zaryadlash imkonini berishi maqsad qilingan.

    Albatta, elektromobillarning afzallik jihatlari oydek ravshan: ular o‘zidan atmosferani ifloslovchi tutun va gazlar chiqarmaydi. Lekin ularning kamchiligi ham hammaga ayon: zaryad to‘lishini anchayin uzoq kutishga to‘g‘ri keladi. Olimlar taklif qilayotgan “suyuq akkumulyator” texnologiyasi esa ushbu zaryadlash jarayonini keskin qisqartirish imkonini berishi kutilmoqda.

    Bu maqsad yo‘lida mutaxassislar odatiy litiy-ion batareyalaridagi elektrolitning tugashi bilan uning o‘rniga tezkor quyish orqali zaryadni yana darhol maksimumga chiqarish imkonini beruvchi suyuqlikni yaratishgan. Bu esa akkumulyatorni statsionar zaryadlashga ketadigan uzoq vaqtni tejashda juda katta yordam beradi. Demak, elektromobilda uzoq yo‘lga chiqishdan cho‘chiydigan haydovchilarning hadiklari yaqin orada bartaraf bo‘lishi mumkin. Buning uchun olimlar endi ushbu suyuqlik vositasida qayta to‘ldiriluvchi akkumulyatorlarni ishlab chiqish ustida ishlashmoqda. Rejaga ko‘ra, ushbu suyuqlik bilan savdo qiluvchi shoxobchalarning keng tarmog‘ini ishga tushirish orqali, elektromobilni tezkor qayta zaryadlash muammosini hal etilishi ko‘zda tutilgan.

    Loyiha ustidagi tadqiqotlar asosan Glazgo universitetida, mutaxassis Li Kronin boshchiligida olib borilmoqda. Albatta, bu g‘oya ham, xuddi benzin AYoQShlari singari, butun mamlakat bo‘ylab maxsus shoxobchalar tarmog‘ini barpo etishni talab qiladi. Lekin Glazgo universiteti ilmiy jamoasining bu borada ham o‘z taklifi bor: ular mavjud benzin quvurlarini yangi akkumulyator suyuqligini uzatishga moslab, rekonstruksiya qilish orqali masalani yechishmoqchi. Hozirda ushbu suyuqlikning dastlabki sinov namunalari allaqachon yaratilgan. Endilikda uning elektrolit sifatidagi samaradorligini oshirish uchun, metall oksidlarining yuqori konsentratsiyasini ta’minlash orqali akkumulyatordagi energiya zichligini orttirish masalasi ustida bosh qotirishmoqda. Shu bilan birga, bunday suyuqlikdan foydalana oladigan akkumulyatorlarning vazni ham yengillashishi hamda o‘lchamlari ixchamlashishi kutilmoqda.

    Xuddi shu paytda Atlantikaning narigi tarafida, aniqrog‘i, AQShning Perdyu universitetida mutaxassis Jon Kushman boshchiligidagi ilmiy guruh bu kabi elektrolitni allaqachon yaratganini va u oddiy batareyalardan ko‘ra 4-5 barobar yuqori energiya zichligini ta’minlay olishini e’lon qilgan. Ularning g‘oyasi esa ushbu elektrolitni batareya elementlari orasida katta tezlikda aylantirib turish orqali akkumulyatorni zaryadlash muddatini keskin qisqartirish fikriga asoslangan. Kushman o‘zi 2016-yilda IFBattery nomli startap ochgan edi. U albatta ushbu elektrolit ishlab chiqarish jarayoni ustidan o‘z biznesini yaratishni maqsad qilgan.

    Hozirda mavjud elektromobillarda qo‘llanayotgan litiy-ion akkumulyatorlarida bo‘lgani singari, taklif qilinayotgan, elektroliti qayta to‘ldirib turiladigan yangi tur akkumulyatorlarida ham energiya akkumulyatorning uchlari hamda elektrolit o‘rtasida yuzaga keladigan kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo‘ladi. Elektrolit tugab-bitgan sari akkumulyatorning quvvati pasayib, uni qayta zaryadlash ehtiyoji tug‘iladi. Zaryadlash jarayoni esa ko‘p vaqt oladi. Yangi tur akkumulyatorlarida esa elektrolit batareya elementlari orasida muntazam aylantirib turiladi. Bunda elektrolit faolligi pasayishi bilan uni shunchaki yangi partiya bilan to‘ldirib, zaryad miqdorini yana maksimumga yetkazish mumkin.

    Nima bo‘lganda ham, hozircha ushbu qiziq g‘oyalar hali amaliyotga tadbiq etilmagan konsepsiya shaklida rivojlanmoqda. Tanqidchilar esa bu g‘oyaning hali hal etilishi zarur bo‘lgan texnik masalalari bilan birga, u tufayli yuzaga keladigan muhim bir paradoks haqida so‘z ochgan. Bu — mazkur turdagi akkumulyatorlar bilan jihozlangan elektromobillarga iste’mol talabini shubha ostida qoldiradigan paradoksdir. Haqiqatan ham, aslida elektromobil falsafasiga ko‘ra u — odam o‘z uyida, o‘zi bemalol zaryadlay oladigan mashina bo‘lib, uning egasi kun ora maxsus shoxobchalarga borishiga hojat qolmasligi kerak. Yuqoridagi g‘oya esa baribir maxsus shoxobchalar tarmog‘iga vaqti-vaqti bilan murojaat etish masalasini ko‘ndalang qo‘ymoqda.

    Suyuq akkumulyatorli elektromobillar bozorda qachon paydo bo‘lishini hozir aytish qiyin. Kushman bu muddatni yaqin uch yil ichida deb baholagan. Kronin esa undan ham optimistroq chiqib qoldi. U o‘zi yaratgan elektrolitni elektromobillarda yaqin 18 oy ichida sinovdan o‘tkazishni maqsad qilgan. Lekin har ikkala tadqiqotchining yakdil qilib turgan bir masala bor. Ularning har ikkisi ham elektromobil ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Boz ustiga, ular yaratgan texnologiya sinovdan o‘tgan taqdirda ham, avtomobilsozlar uni ommaviy ishlab chiqarishga taqdim etishlari katta gumon ostida. Sababini esa, yuqorida aytganimizdek, bunday avtomobilning egasi o‘z uyida zaryadlay olmaydi.

    28.02.2019, 18:08   Izoh (0)   17250
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreyada robotlar tomonidan quriladigan robotlar muzeyi ochiladi

    23.02.2019, 15:40

    AQSh Huawei texnologiyalaridan foydalanadigan mamlakatlar bilan axborot almashmasligi ma’lum qilindi

    22.02.2019, 21:41

    Norvegiyada uchib yuruvchi shamol generatori orqali ishlaydigan dunyoda birinchi elektrostansiya yaratiladi

    22.02.2019, 14:45

    O‘zbekistonda yosh robototexniklar o‘rtasida RoboCUP televizion musobaqasi o‘tkaziladi

    21.02.2019, 15:43

    Galaxy S10 flagmanning narxi ma’lum bo‘ldi

    19.02.2019, 11:25

    Xitoyda virtual relsli poyezd sinovdan o‘tkazildi (video)

    12.02.2019, 11:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.