Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qator nashrlarda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida fuqaro o‘zini yoqib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.

Foto: “Repost.uz”

Foto: “Repost.uz”

Xabarlarda aytilishicha, erkak tadbirkor bo‘lib, kreditga olingan pullar evaziga ochgan kafe joylashgan bino Termiz tumani hokimligi tomonidan buzib tashlangan. Bino buzib tashlanishini bilgan erkak tushuntirish berishlarini so‘rab bir necha oy davomida tuman hokimiyatiga murojaat qilgan, biroq hokim qabuliga kira olmagan. Shu sababli erkak tuman hokimligi binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘yib yuborgan.

2019-yil 25-fevral kuni soat taxminan 11:20 larda Termiz tumani, “Uchqizil” mahallasi At-Termiziy ko‘chasi markazida Termiz tumani “Yangihayot” mahallasida yashovchi fuqaro B.E. o‘zi bilan olib yurgan 0,5 litr hajmdagi idishda bo‘lgan benzin yoqilg‘isini ustiga sepib, zajigalka yondirgich orqali olov berib o‘zini o‘zi yoqib yuborgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.

Alanga oqibatida tan jarohati olgan B.E. Termiz tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Viloyat sud tibbiy ekspertizasining 2019-yil 25-fevraldagi dastlabki 67-sonli xulosasida, fuqaro B.E.da tananing 15-20 % qismini I-II darajali alangadan termik kuyishi, yuqori haroratli alanga (olov) ta’sir mexanizmi natijasida yetkazilganligi, og‘irlik darajasiga ko‘ra “o‘rtacha” og‘irlikdagi tan jarohati deb baholangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan hozirda Termiz tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)