Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tokio shahridagi kasalxonalardan birida dunyodagi eng mitti chaqaloqqa uyiga javob berildi, deb xabar berdi “MK.ru”.

Foto: “MK.ru”

Foto: “MK.ru”

2018-yilning avgust oyida dunyoga kelgan bolaning vazni bor-yo‘g‘i 268 gramm edi.

Kasalxonada o‘tkazilgan vaqt ichida bola uch kilogramma vazn yig‘di, endilikda u mustaqil ravishda ko‘krak sutini qabul qila oladi.

Shifokorlar bolaning organizmi yaxshi rivojlanayotgani va ahvoli qoniqarli bo‘lgani uchun unga javob berishga qaror qildi.

Qayd etilishicha, homilador onasidagi irsiy kasallik tufayli bola o‘smay qolgan. Shu sababli shifokorlar homiladorlikning 24-haftasida bolani kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keltirgan.

Kichkintoyni Amerikaning Ayova universitetida rasmiy ravishda eng kam vazn bilan tug‘ilgan va yashab ketgan bola sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Trikotaj kiyimlarga zarar yetkazmasdan qanday yuvish mumkin?
Mahalliy
Navoiyda 454 nafar fuqaroning bank kartalaridagi pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Dunyo
Politico nashri Zelenskiyni eng nufuzli yevropalik, Putinni esa yilning eng omadsiz odami deb e’lon qildi