• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Suzuk ota” maqbarasi va jome masjidining atrofini obodonlashtirish ishlari davom etmoqda (foto)

    2017-yilning 26-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi “Suzuk ota” maqbarasi va jome masjidida bo‘lib, maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi, deb yozadi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Davlat rahbari “Ushbu masjid va maqbara ma’naviyatimizni yana-da yuksaltirishga, yurtimizda ezgulik nurini ziyoda etishga xizmat qilishi kerak. Bu yerda hunarmandlar markazi va kutubxonasi tashkil etish lozim”, degan edi.

    Ushbu topshiriq va ko‘rsatmalar asosida bu yerda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

    Suzuk otaning asl ismi Mustafoqul bo‘lgan. U zot Ahmad Yassaviy hazratlarining qizi Gavhari Hushtojning kenja o‘g‘li bo‘lgan. Bolalik chog‘ida bobosi uni erkalab “Mening suzigim (suyukligim), xush keldingiz!”, degani bois atrofdagilar ham uni shu ism bilan chaqira boshlagan. Suzuk ota yuzlab shogirdlarga ilm berib, hunarga, halol mehnatga o‘rgatgan.

    Tarixiy manbalarda yozilishicha, Amir Temur Suzuk ota qabri ustida maqbara va masjid bunyod ettirgan. Ushbu noyob tarixiy-me’moriy obidadan el 1936-yilgacha foydalanib kelingan. Shundan keyin, to mustaqillikkacha bo‘lgan davr mobaynida turli korxonalarning sexlari faoliyat yuritgan. Natijada, tarixiy obidaning noyob va nafis qiyofasi yo‘qolib xarobaga aylangan. Mustaqillik sharofati sabab, masjid binosidan korxonalar ko‘chirib yuborildi va masjidni tiklash ishlari boshlandi. 1998-yil boshida masjidning xonaqoh qismi ta’mirlanib, rasman faoliyat yurita boshladi.

    “Mustafoqul ya’ni Suzuk ota padari bo‘lmish Ahmad al-Qorachug‘ay Shayxning yo‘llanmasi bilan bu mahallaga kelib, turg‘un bo‘lib yashab qolgan. U kimsasiz, tepalik va jarliklardan iborat bo‘lgan yerlarni o‘zlashtirish, obod qilish uchun tug‘ilgan yurtidan qorilar, usta-hunarmandlar hamda yaqin birodarlarini olib kelib, uy-joylar qurdirib, barchaga boshpana qilib bergan. Keng ommaga ilm va hunar o‘rgatgan. Mazkur mahallani xo‘jalar mahallasi, ba’zan ustalar mahallasi, deb ham atashgan. Keyinchalik bu mahallaga karomatlar sohibi, aholining dono maslahatgo‘yi, hunarmandlar ustozi, toliblarning pir-murshidi bo‘lgan Suzuk ota nomi berilgan. Hozir ham mahalla aholisi hunarmandlik, duradgorlik, o‘ymakorlik bilan shug‘ullanadi”, – deydi “Suzuk ota” jome masjidi imom-xatibi Ayubxon Sufiyev.

    Ta’kidlanishicha, mazkur mahalla tor ko‘chalardan iborat maskan edi. Bu yerda Suzuk otaning maqbarasi borligini ko‘pchilik bilmagan. Hozirgi kunda Turkiyada uning muridlari yashaydi. Mana shu maskan foydalanishga topshirilsa, ular Suzuk otani ziyorat qilgani keladi. Nafaqat Turkiya balki butun dunyodan ziyoratchilar oqib kela boshlaydi.

    “Suzuk ota” jome masjidi imom-xatib Ayubxon Sufiyevning so‘zlariga ko‘ra, Prezident topshirig‘i bilan masjid atrofiga qo‘shimcha ayvonlar qurildi. Uning xonaqohi 2 ming kishiga mo‘ljallangan. Mo‘min-musulmonlar ibodat qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Bundan tashqari, bu yerda 30 ta hunarmandlar uyi va ular uchun ustaxonalar qurildi. Hozirda yo‘llarga asfalt yotqizilib, avtomobil turargohi tayyorlanmoqda. Tez orada maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish ishlari yakunlanadi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA
    27.02.2019, 10:51   Izoh (0)   28636
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda “Harbiy kitobxon” tanlovining g‘oliblari aniqlandi

    27.02.2019, 10:06

    Toshkent davlat agrar universitetida general-polkovnik Zokirjon Almatov rahbarligida davra suhbati o‘tkazildi

    27.02.2019, 09:58

    O‘zbekiston kompaniyalari Qirg‘izistondan kartoshka sotib ola boshladi

    27.02.2019, 09:55

    Namanganda joriy yil kuzida yana bir avtozavod ishga tushadi

    27.02.2019, 09:29

    Samarqandda 26—30-avgust kunlari “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi

    27.02.2019, 08:14

    Nukusdagi Savitskiy nomli san’at muzeyi direktori lavozimiga xalqaro tanlov e’lon qilindi

    26.02.2019, 21:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Erkak 8 yil davomida ko‘kragiga sanchilgan pichoq bilan yashaganini tibbiy ko‘rikdagina bilib qoldi (foto)

    Dunyo | 15 avgust, 10:27

    Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ikki kishi firibgarlik bilan pora olayotganida qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:58

    Qozog‘iston aholi jon boshiga YIMda Rossiya va Xitoyni ortda qoldirdi

    Dunyo | 15 avgust, 09:56

    Konor Makgregor UFC ro‘yxatidan o‘chirilgani rad etildi

    Sport | 15 avgust, 09:55

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim oilalarga ichimlik suvi bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.