27-fevral, chorshanba kuni APL 28-turi doirasida “Kristal Pelas”ga qarshi kechadigan o‘yindan oldidan “Manchester Yunayted” tarkibida katta muammolar yuzaga keldi.
O‘n nafar jarohat olgan futbolchining maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda, deb xabar berdi Goal.
Himoyachilar Fil Jons, Matteo Darmian va Antonio Valensiya allaqachon jarohat olgan o‘yinchilar ro‘yxatidan o‘rin olgan.
Yarim himoyachi Nemanya Matich “Liverpul”ga qarshi kechgan o‘yindan avval, vinger Antoni Marsial esa PSJga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
“Mersisaydliklar” bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvning 1-bo‘limidayoq 4 nafar futbolchi jarohat oldi. Mazkur o‘yinda “mankunianlar” 3 marta majburiy o‘yinchi almashtirdi: Xuan Mata, Ander Errera va Jessi Lingard (o‘zi ham zaxiradan tushgan edi). Markus Reshford o‘yin yakuniga qadar jarohati bilan o‘ynashga majbur bo‘ldi.
Bundan tashqari yosh hujumchi Meyson Grinvud ham jarohat olgan. Sulsher uni tezroq tuzalishini va mashg‘ulotlarda tezroq ko‘rishni xohlagandi.
Marsial, Matich, Jons, Darmian, Valensiya “Kristal Pelas”ga qarshi kechadigan o‘yinni katta ehtimol bilan o‘tkazib yuboradi. Qolganlarning taqdiri esa hamon noma’lumligicha qolmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)