Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Turkiya prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.
Prezidentlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni keng miqyosda amalga oshirish muhimligini qayd etdi.
Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, 26-fevral kuni Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 65 yoshga to‘ldi.
Izoh (0)