Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

18 yildan buyon talaba bo‘lish orzusida bo‘lgan samarqandlik Anvar Bekmurodov 2018-yilda ham SamDU musiqa fakultetiga hujjat topshirgandi. Bu haqda “Zarnews” xabar bermoqda.

Foto: “Zarnews”

Foto: “Zarnews”

Ammo bu gal ham omadi kelmay, ijodiy imtihondan 22 ball olib, o‘qishga kira olmadi.

Bilim olishga, kasb o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi sabab Samarqand viloyat hokimiga oshirilgan to‘lov kontrakt asosida o‘qishga kirishga hamda super kontraktni to‘lash uchun uzoq muddatli ta’lim krediti olishga yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat SamDU rektori tomonidan atroflicha o‘rganilib, Anvar Bekmurodovga kam ball to‘plagan, o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida amaldagi to‘lov kontrakt miqdorining 20 barobarini to‘lab o‘qishi mumkinligi yoki 2019—2020-o‘quv yilida oliy o‘quv yurtiga kirish uchun universitetning musiqa kafedrasida haftada uch marotaba bepul qo‘shimcha dars olish imkoniyati mavjudligi tushuntirildi.

Bugun Anvar Bekmurodov SamDU musiqa fakulteti o‘qituvchilari ko‘magida musiqa sirlarini, o‘zbek xalq kuylarini chalishni o‘rganayapti.

“Mutasaddi rahbarlarning e’tibori javoban, albatta bu yil talaba bo‘laman”, — deydi 19 yillik abituriyent.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov