Hukumat qarori bilan Abdurashid Abduraxmonovich Isroilov Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamentining direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Jamg‘armaning asosiy vazifasi davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida olish uchun qarz mablag‘lari ajratish hisoblanadi.
Izoh (0)