• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘zbekistonda Tokio—2020 musobasiga tibbiy tayyorgarliklar qanday ketmoqda? Professor Abdushukur Sodiqov javob berdi

    Milliy olimpiya qo‘mitasi Tokio—2020 Olimpiadasiga tibbiy yo‘nalishda qanday tayyorgarlik olib borayotganligini bilish maqsadida qo‘mita qoshida tashkil etilgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaz rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdushukur Sodiqov bilan suhbat uyushtirdi.

    Foto: MOQ

    Foto: MOQ

    O‘zbekistonda sport tibbiyotining rivojlanishi haqida

    O‘zbekistonda sport sohasiga e’tiborning kuchayishi sport tibbiyoti yo‘nalishiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsata boshladi. Jumladan, Toshkentda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi ish boshladi. Markaz barcha diagnostika, laboratoriya va reabilitatsiya uchun kerakli bo‘lgan tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Bu sport tibbiyotining jadal rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

    Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Sportchilarning diagnostika va funksional holatini yaxshilash hamda salomatlik holatini davriy baholash bo‘yicha standartlari” to‘g‘risida qarori imzolandi. Shuningdek, MOQning buyrug‘iga binoan, tibbiy ko‘riklarni o‘tkazishni tartibga solish uchun reglament ishlab chiqildi.

    Milliy Olimpiya qo‘mitasining 2018-yil 20-iyundagi buyrug‘iga asosan markazning ishchi guruh a’zolari Toshkent shahri, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi sport muassasalarida sport shifokorining faoliyati, sportchilariga yaratilgan shart-sharoitlar, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam, sport shifokori tibbiyot xonasininig jihozlanishi, zarur bo‘lgan tibbiy uskunalar va dori-darmonlar bilan ta’minlanganligi o‘rganildi, ularga tegishli tavsiyalar berildi.

    Foto: MOQ

    Foto: MOQ

    Terma jamoa a’zolarining tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayoni to‘g‘risida

    Bugungi kunga kelib, terma jamoa a’zolarining tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonlari reja asosida olib borilmoqda. Bunda markazimiz tor mutaxassislari va butun jamoamizning yuqori malakali, ma’suliyatli yondashuvi alohida e’tiborga sazovor. Chunonchi, so‘ngi yillarda o‘zbek sportida erishayotgan katta yutuqlar negizida nafaqat sportchi va murabbiylar, balki Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaz xodimlarining ham o‘ziga yarasha o‘rni bor. Bugungi kunda har bir sport federatsiya va assotsiatsiyasiga markazning malakali mutaxassislaridan iborat koordinatorlar biriktirilgan. Shu bilan birga, psixologiya va diyetologiya-nutritsiologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruxlar tuzilib, ular tomonidan sportchilarni psixologik tayyorgarligi va ratsional ovqatlanish uchun kunlik, haftalik menyular qayta ko‘rib chiqilmoqda. Sportchilarning mashg‘ulot davrida funksional holatini o‘rganish maqsadida “mobil laboratoriya” tashkil etilib, sport bazalarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari olib borayotgan sportchilarning funksional holati kuzatib borilmoqda.

    Foto: MOQ

    Foto: MOQ

    Sportchilarning tibbiy ko‘rik yakunlari haqida xulosa

    Mazkur tibbiy ko‘rik yakunlariga ko‘ra, xulosam ijobiy, albatta. Patologik holat aniqlangan, jarohat yoki tekshiruvlar xulosasiga ko‘ra tiklanish yetarli darajada bo‘lmagan sportchilar uchun statsionar davolanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sportchida yuqoridagi holatlarning biri aniqlangan kunning o‘zidayoq davolash chora tadbirlarini boshlash va sportchining eng qisqa muddatlarda mashg‘ulotga sog‘lom qaytishini yo‘lga qo‘yish ularga yanada dadillik bag‘ishlaydi deb o‘ylayman. Salbiy tomonlar haqida gapiradigan bo‘lsam, ayrim federatsiyalardagi mutassadi va murabbiylarning ishga sovuqqonlik bilan yondashishi sabab, sportchilarni markazga kechiktirib olib kelinishi holatlari ham uchramoqda.

    Foto: MOQ

    Foto: MOQ

    Xalqaro hamkorlik, xodimlar malakasini oshirish

    Xodimlar malakasini oshirish – bu, yangi yutuqlar me’zonidir. Albatta, bunda faqatgina erishilgan yutuqlar muhokamasi emas, balki xalkaro hamkorlikning o‘rni kattadir. 2018-yilda markazimiz mutaxassislari, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya va Turkiya kabi davlatlarda o‘z malakalarini oshirishdi. Shu yili Rossiya sport tibbiyoti hamda bemorlar va nogironlar reabilitatsiyasi assotsiatsiyasi, Yaponiyaning “The Japan Uzbekistan Silk Road Foundation” tashkiloti bilan O‘zbekiston sport tibbiyoti va reabilitatsiyasi Milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 2018-yilning 5—8-dekabr kunlari Moskva shahrida o‘tkazilgan “Sport Med—2018” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida markazimiz mutaxassislari ham ishtirok etdi. Chunki, ushbu yo‘nalishda yetakchi hisoblangan davlatlar malakasi va tajribasini o‘rganib, uni O‘zbekistonda ko‘rib chiqish, o‘z ustida ishlash, yangiliklarni yo‘lga qo‘yish sport tibbiyoti taraqqiyotini yanada tezlashtirishiga ishonchim komil.

    Foto: MOQ

    Foto: MOQ

    Antidoping bo‘yicha sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari shifokorlari bilan ishlash tizimi haqida

    Markaz ilmiy sektor va ilmiy laboratoriya xodimlari tomonidan sportchilarga mumkin bo‘lgan dori vositalarni ro‘yxati tuzildi. Shuningdek, har bir federatsiyadagi murabbiy va shifokorlarga uslubiy qo‘llanma tarqatiladi. Bundan tashqari Sumbula (Ferula muskusnaya, Ferula moschata), Tribulus (Tribulus terrestris), Mandragora (Mandragora officinarum) o‘simliklaridan biologik faolliklarga ega bo‘lgan kimyoviy moddalar ekstraksiya qilib olindi. Hozirda ushbu ekstraktlarning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi institutida klinikoldi sinovlarini o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

    Tibbiy uskunalar masalasida

    Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining tibbiy uskunalar bilan ta’minlanganligi yuqori darajada desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Markazda nafaqat sportchilar uchun muhim bo‘lgan tekshiruvlar, balki aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ham barcha qulayliklar yaratilgan.

    2020-yilgi Olimpiadaga tibbiy yo‘nalishdagi tayyorgarlik haqida

    2017-yil 9-martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgalik ko‘rish to‘g‘risida”gi PQ-2821-sonli qarorning ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining bu bo‘yicha ishlab chiqqan strategiyasi asosida hozirgi kunda har bir sportchiga individual yondashilmokda, ya’ni “sportchi pasporti” yaratildi. Uning bolalikdan to hozirga qadar o‘tkazgan kasalliklari, mashg‘ulotlar tartibi, erishilgan yutuqlari o‘rganib chiqilmoqda. Bu o‘z navbatida sportchi sog‘lig‘i, holati haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Qolaversa, sog‘lig‘i tomonidan oqsayotgan sohaga ko‘proq e’tibor berishga, uni bartaraf etishga yordam beradi.

    Kelajakdagi rejalar

    Kelajak uchun rejalarimiz ulkan. Bu borada bir qator loyihalarni o‘ylab qo‘yganmiz. Eng asosiylaridan biri, ilmiy saviyani ko‘tarish bo‘yicha oldinga qadam tashlashdir.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    26.02.2019, 14:23   Izoh (0)   14984
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Azar Agueroga, Sarri esa yana Gvardiolaga qarshi. Angliya Liga Kubogi kimga nasib qiladi? (prevyu)

    24.02.2019, 20:21

    Sulsher Kloppga, Pogba esa Salohga qarshi. Barchasi “Manchester Yunayted”—“Liverpul” bahsi haqida (prevyu)

    24.02.2019, 15:26

    Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini nokautga uchratdi

    24.02.2019, 08:51

    ​La Liga. Messi het-trikka erishgan o‘yinda “Barselona” “Sevilya”ni taslim qildi (video)

    23.02.2019, 22:47

    “Real”ga qarshi 2 ta o‘yin kutib turgan “Barselona” “Ramon Sanches Pisxuan”dan omon chiqa oladimi? (prevyu)

    23.02.2019, 14:39

    “Chelsi”—“Dinamo Kiyev”, “Arsenal”—“Renn”. Yevropa Ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlandi

    22.02.2019, 17:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53

    O‘zbekistonda 6-iyul kuni havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 16:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.