Gaitidagi norozilik namoyishlari 26 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, yana 77 kishi jarohatlandi. Bu haqda Amerika davlatlari tashkilotiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Komissiya Gaitida 7-fevral kuni kuni boshlangan zo‘ravonlik holatlarini monitoring qilmoqda. Komissiya bugungi kunga qadar 26 kishining o‘limi va 77 kishining jarohatlanishiga olib kelgan vaziyatdan xavotirda ekanligini bildiradi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Gaitida hozirgi kungacha norozilik namoyishlari davom etmoqda. Fuqarolar mamlakat prezidentining iste’fosini talab qilmoqda.
Izoh (0)