AQSh prezidenti Donald Tramp 25-fevral kuni Xanoyga yo‘l oladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Ertaga tongda Xanoyga, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan sammitga jo‘nayman. Biz ikkimiz ham Singapurda o‘tgan sammitda erishilgan siljishlarni davom ettirishni istaymiz. Balki yadro qurolidan xoli bo‘lishga erisharmiz?” — deya o‘z kutishlari bilan bo‘lishgan Tramp 24-fevral kuni Twitter’ga joylagan yozuvida.
Ma’lumot uchun, AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilarining uchrashuvi 27—28-fevral kunlari Vyetnam poytaxti Xanoyda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)