“Manchester Siti” Angliya Liga Kubogining final bahsida “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratdi (0:0, penaltilar seriyasi — 4:3).
Bu “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun mazkur klub bilan qo‘lga kiritgan 4-sovrini hisoblanadi.
Mazkur sovrin 48 yoshli kataloniyalik mutaxassisning murabbiylik faoliyati davomidagi 25-yutug‘i bo‘ldi. Bunga qadar Gvardiola 14 marta “Barselona” klubi bilan, “Bavariya” bilan esa 7 marta sovringa ega chiqqan.
Gvardiola bu borada “Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyoga yetib oldi. Portugaliyalikning hisobida ham 25 ta sovrin mavjud.
Yevropaning Top-5 ligasida qo‘lga kiritgan sovrinlari soni bo‘yicha “Napoli” ustozi Karlo Anchelotti murabbiylar orasida 3-o‘rinda bormoqda (20 ta sovrin).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)