25-fevraldan boshlab O‘zbekistonda yuz ming so‘mlik kupyura muomalaga kiritildi. Repost nashri ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu kupyura egalari tomonidan suratga olingan rasmlarni to‘pladi.
Eslatib o‘tamiz, qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknotning mavzusi (tematikasi) buyuk o‘zbek olimi Mirzo Ulug‘bek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bag‘ishlangan. Banknotning o‘lchami 144 x 78 millimetr bo‘lib, maxsus himoyalangan qog‘ozda chop etilgan.
Izoh (0)