Nigeriyada naqd pulli qoplar ortilgan samolyot cho‘kib qolgan, deya xabar beradi “ForumDaily”.
Voqea taniqli nigeriyalik nashriyotchi va jurnalist Dele Momodu tomonidan suratga olingan.
Instagram’da chop etilgan rolikda juda og‘ir vazn hisobiga samolyotning quyruq qismi uchish-qo‘nish yo‘lagining betoniga yopishib qolgan.
Uning atrofida ishchilar muammoni hal qilishga urinib yurgani aks etgan.
“Bu faqat kinoda bo‘lishi mumkin, — deb yozadi Momodu. — Samolyot unga juda ko‘p qop pul ortilganidan keyin cho‘kib qoldi… Ko‘zlarimga ishonmayman…”.
Pullar qayerga yo‘l olayotganligi haqida hech qanday ma’lumot qoldirilmagan.
https://www.instagram.com/p/BuEvNeLH5Ox/?utm_source=ig_embed
Izoh (0)