PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining 26-turida “Nim”ga qarshi kechgan o‘yinda dublga erishdi (3:0).
Shu tariqa “Nim”ga qarshi bellashuvda fransiyalik futbolchi Liga 1 da o‘zining 50 va 51-gollarini urdi. U PSJ tarkibida 35 ta, “Monako” uchun esa 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Mbappe 45 mavsumdan buyon ushbu natijaga erishgan eng yosh futbolchi (20 yosh 2 oy 3 kunlik) bo‘ldi, deb xabar beradi Opta.
Mazkur yo‘nalishda Yannik Stopira (21 yosh 11 oy 9 kunlik), Jibril Sisse (22 yosh 1 oy 22 kunlik) 2—3-o‘rinlarni band qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)