Aleksey Serebryakov ruslarni “psevdovatanparvarlik”ni namoyish qilgani uchun tanqid qilgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”. Aktyor Londonda bo‘lib o‘tgan forumda nutq so‘zladi.
“Rossiya 20 yil ichida ‘bir necha urushlar yaratdi’ Men Gruziya, Checheniston, Ukraina, Suriya, xususan Afrika respublikalarini ham nazarda tutyapman”, — dedi Serebryakov.
U qaysi Afrika mamlakatlarini nazarda tutgani haqidagi savolga aniq javob bermagan.
Serebryakov rossiyaliklarga qarshi bayonotlar bilan birinchi marta chiqayotgani yo‘q. Avval u Rossiyaning milliy g‘oyasi “takabburlik va qo‘pollikda” ekanini aytgan.
Aleksey Serebryakov — Rossiya xalq artisti. U ko‘plab filmlarda suratga tushgan.
2012-yilda aktyor oilasi bilan Kanadaga ko‘chib o‘tgan va Rossiyani tark etgan. U ketishining sabablari sifatida mamlakatdagi noxush ijtimoiy vaziyatni ko‘rsatgan.
Izoh (0)