Milliarder Uorren Baffettning Berkshire Hathaway xoldingi zarari 2018-yilda 20,6 milliard dollarni tashkil qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Ushbu ma’lumot Baffet tomonidan aksiyadorlarga yo‘llangan maktubida ko‘rsatilgan.
Zararlarning sababi sifatida “investitsion xolding kompaniyasida mavjud bo‘lgan sarmoya tushumlarining kamayishida” deb ko‘rsatilmoqda. Umuman olganda, Berkshire Hathaway’ning oddiy qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan investitsiyalari 2018-yilda 172,75 milliard dollarni tashkil etgan, undan avvalgi yil ushbu ko‘rsatkich 170,54 milliard dollar bo‘lgan.
Taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, Baffet uzoq muddat davomida Apple, Goldman Sachs Bank va American Express korporatsiyalarining aksiyalarini sotib olishga e’tibor qaratadi.
O‘tgan yil oxirida Berkshire Hathaway’ning Apple qimmatli qog‘ozlariga kiritgan sarmoyasi 40 milliard dollardan, Goldman Sachs’da — 3,13 milliard dollardan, American Express’da — 14,45 milliard dollardan oshgan.
Forbes jurnalining talqiniga ko‘ra, Uorren Baffet 2008-yilda dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatiga boshchilik qilgan. Ushbu nashr hozirda tadbirkorning ahvolini 82,9 milliard dollarga baholagan.
Izoh (0)