“Milan” hujumchisi Kshishtof Pyontek “Empoli”ga qarshi kechgan o‘yinda hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi (3:0).
Polshalik futbolchi “Milan” tarkibida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta golga mualliflik qildi. Shu bilan birga 23 yoshli futbolchi so‘nggi 5 ta o‘yinda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va ularning barchasida gol urishga erishdi.
Ma’lumot uchun joriy mavsum A Seriyada Pyontek 24 ta uchrashuvda 18 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)