“Avtostat” tahliliy agentligi ma’lumotiga ko‘ra, KIA Rio Rossiyada eng mashhur xorijiy mashina deb topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “Avtostat”

Mamlakatda ushbu avtomobil modelining 752 ming nusxasi mavjud. Koreya avtosanoatining yana bir vakili — Hyundai Solaris 739 ming dona avtomobil bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Ford Focus esa 737 ming dona avtomobil bilan reytingning uchinchi pog‘onasidan o‘rin oldi.

Reyting top-10 taligiga, shuningdek, Toyota Corolla, Renault Logan, Chevrolet Niva, Volkswagen Polo, Toyota Camry, Daewoo Nexia va Skoda Octavia ham kiritildi.