Bugun, 23-fevral kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida Superliganing o‘tgan yilgi chempioni “Lokomotiv” va 2018-yilgi O‘zbekiston kubogi sohibi OKMK klublari O‘zbekiston Superkubogi uchun maydonga tushdi.
Uchrashuvda “temiryo‘lchilar” safida Timurxo‘ja Abduholiqov (12) va Yovan Jokich (74) kiritgan gollarga olmaliqliklar Zafar Polvonovning 77-daqiqada kiritgan goli bilan javob qaytardi.
Shu tariqa Toshkent klubi Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Olmaliqning OKMK jamoasini kichik hisobda mag‘lub etdi va O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.
O‘zbekiston Superkubogi—2019
23-fevral, shanba
“Lokomotiv” – OKMK 2:1
Gollar: 1:0 — 12 Abduholiqov, 2:0 — 74 Jokich, 2:1 — 77 PolvonovYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)