Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 21-fevral kuni Buxoroda o‘z ishini boshlagan I Xalqaro ziyorat turizmi forumi dasturi nihoyatda rang-barang, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Foto: Kamil Yeenikeyev

Foto: Kamil Yeenikeyev

Forum kundaligiga ko‘ra, dastlabki kuni Buxoroning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari, xususan, yetti pir — Abduholiq G‘ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag‘onaviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqshband me’moriy majmualari ziyorat qilinadi. Tadbirning ikkinchi kunida mehmonlar xalqaro forumda ishtirok etishi, B2B formatidagi muloqotlarga kirishishi mumkin.

Foto: “Xalq so‘zi”

Foto: “Xalq so‘zi”

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining forumga mas’ul xodimi Sherzod Sultonovning aytishicha, forumning so‘nggi kuni, ya’ni 23-fevralda O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi mehmonlar sharafiga Toshkentda 10 Halal food mavzusida mahorat darsi o‘tkazadi. Unda 10 turdagi o‘zbek milliy taomi tayyorlanib, maxsus kechki ovqat dasturxoni yoziladi.

Aytish joizki, 2018-yildan boshlab O‘zbekistonning umumiy ovqatlanish shoxobchalari va restoranlarida “halol” standartini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi