Aprel oyida O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida XX asr kashfiyoti, ya’ni qozoq Tutanxamoni namoyish etiladi. U yerda Qozog‘iston ramzi – Tilla odamni ko‘rish mumkin bo‘ladi, deb yozadi UZ24.
1960-yillar oxiri — 1970-yillar boshida Olmaota tashqarisida arxeologik shov-shuv yuz berdi: mashhur arxeolog Kemal Akishev tadqiq qilayotgan Issiq qo‘rg‘onidan saklar shohi — Tilla odamning qoldiqlari topildi, keyinroq u Qozog‘iston ramziga aylandi.
Bebaho topilmaga “qozoq Tutanxamoni” deb nom berishdi va asr kashfiyoti deb e’tirof etishdi. Qadimiy hukmdorning tojidagi oltin bezaklar — qanotli tulporlar Qozog‘iston davlat gerbining bir qismiga aylandi, Olmaotadagi Mustaqillik maydoniga esa Tilla odam haykali o‘rnatildi.
Izoh (0)